Jacob Larsson




Jacob Larsson ( talaffuzi: Jeykob Larsson) (1997-yil 29-aprelda tugʻilgan) —shvetsiyalik professional xokkeychi. Jacob Larsson hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Belleville Senators“ xokkey jamoasi safida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Jacob Larsson 2014—2015-yilgi mavsumni „Frölunda HC“ xokkey klubining dastlab oʻsmirlar jamoasida, soʻngra esa professionallar jamoasida oʻtkazdi. Mavsum oxirida Jacob Larsson NHL Markaziy Skautlar Byurosining yakuniy reytingida uchinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilgi NHL kirish loyihasida Jacob Larsson „Anaheim Ducks“ xokkey klubi safiga 27-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi.

Jacob Larsson 2015—2016-yilgi mavsumni "Frölunda HC" xokey klubi safida oʻtkazdi. Bu mavsumda Jacob Larsson oʻz hisobiga 47 oʻyinda 5 gol va 9 golli uzatmani (jami 14 ochko) yozdirdi. Jacob Larsson „Frölunda“ xokkey jamoasi safida Le Mat Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, jamoa Chempionlar Xokkey Ligasi (CHL) chempionligini ham qoʻlga kiritdi. Jacob Larsson 2016-yil 28-aprelda „Ducks“ xokkey jamoasining American Xokkey Ligasi (AHL) filiali 'San Diego Gulls" xokkey klubi bilan havaskor xokkeychi sifatida sinov shartnomasiga imzo chekdi. Jacob Larsson klub uchun bitta pley-off oʻyinida maydonga tushdi.

2016-yil 20-may kuni „Ducks“ xokkey klubi Jacob Larsson bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Jacob Larsson NHLdagi debyut oʻyinini 2016-yil 13-oktyabrda o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Jacob Larsson jamoasi "Dallas Stars" xokkey jamoasiga 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Keyinchalik, Jacob Larsson 2017—2018-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytdi. U yerda Jacob Larsson „Gulls“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi.

2018-yil 7-noyabrda Jacob Larsson „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi kechgan uchrashuvda (3-2 hisobida g‘alaba) NHLdagi birinchi ochkosini (assistent) qayd etdi.

Keyingi 2019—2020-yilgi mavsumda, 2019-yil 5-noyabrda Jacob Larsson oʻzining NHLdagi birinchi golini „Minnesota Wild“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi (4:2 hisobida gʻalaba). Jacob Larsson COVID-19 pandemiyasi sababli muntazam mavsum toʻxtatilgunga qadar 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ochko, 2 gol va 9 golli uzatmani oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi.

2022-yil 14-iyulda olti mavsumdan so‘ng, Jacob Larsson „Ducks“ xokkey jamoasini erkin agent sifatida tark etdi. Shundan soʻng, Jacob Larsson „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz