Jacob Bruun Larsen
Jacob Bruun Larsen (1998-yil, 19-sentyabrda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899-yilgi Hoffenheim klubi va Daniya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi. U 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Jamoalardagi faoliyati
Borussia Dortmund
2015-yilda Bruun Larsen Dortmundning Borussia klubiga Lyngby klubidan oʻtgan edi. 2017-yilning 15-martida klub uning shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirishini eʼlon qildi.
2018-yilning 23-yanvarida Bruun Larsen VfB Stutgartga yarim mavsumlik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi.
U Dortmundning Borussia klubi safidagi ilk golini 7:0 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan FC Nyurnberg klubiga qarshi oʻyinda urdi, 27-sentyabr 2018-yil.
1899-yil Hoffenheim
2020-yil, 31-yanvarda 1899-yil Hoffenhaim Bruun Larsen bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Bruun Larsen 2021-yilning 23-yanvarida Belgiyaning RSC Anderlecht klubi bilan shartnoma imzolagan. U mavsum oxirigacha ijaraga olishga rozi boʻldi.
Xalqaro karyera
Bruun Larsen Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada Daniya vakili etib saylandi.
U Daniya terma jamoasida 2019-yil, 21-mart kuni Kosovoga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida boshlang‘ich tarkibda debyut qilgan.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil, 31-iyul holatiga ko'ra
Xalqaro statistikasi
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Daniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Bruun Larsenning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.[12]
Yutuqlar
Borussia Dortmund U-19 Borussia Dortmund Manbalar
uz.wikipedia.org