Jackson Yueill
Jackson William Yueill (talaffuzi: Jekson Uilyam Yuill; 1997-yil 19-mart kuni AQShning Minnesota shtati Bloomington shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, „San Jose Earthquakes“ futbol klubi va AQSh terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi hisoblanadi.
Xalqaro faoliyati
Jackson William Yueill AQShning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan. Jumladan, 2014-yil yanvar va aprel oylaridagi yigʻinlarga chaqirilgan. 2014-yil avgust oyida Chexiyadagi turnirda ishtirok etgan. Hamda, 2014-yilning dekabr oyida u germaniyalik tengdoshlari bilan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Shuningdek, 2015-yilning yanvar-fevral oylarida Meksikadagi turnirda ishtirok etgan. Shu yilning aprel oyida futbolchi Bosniya va Gersegovinadagi yigʻinga ham chaqirilgan. Shu bilan bir qatorda, 2015-yil iyul oyida u Kaliforniyadagi turnirda ishtirok etgan.
Jackson William Yueill AQSH U20 terma jamoasiga ham chaqirilgan. Xususan, 2016-yilning yanvar oyida u Mayamidagi yigʻinga chaqirilgan. 2016-yil mart oyida Dallas kubogida hamda iyun-iyul oylarida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan turnirda terma jamoa safida ishtirok etgan.
2019-yil 19-mart kuni Jackson William Yueill Misr va Gollandiya terma jamoalari bilan boʻlib oʻtadigan oʻyinlarga jalb qilingan. 22-mart kuni misrliklar bilan oʻyinda AQShning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida maydonga tushgan. 2019-yil 24-martda boʻlib oʻtgan gollandlar bilan oʻyinda u oʻyin yakunida zaxiradan maydonga tushgan. 2019-yil iyun oyida u Yutadagi yigʻinga milliy terma jamoadan chaqiruv olgan.
Jackson William Yueill 2019-yil 1-iyun kuni 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi oldidan bir haftalik yigʻin uchun AQShning kattalar jamoasiga birinchi chaqiruv oldi va Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etdi. 2019-yil 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan Yamayka bilan oʻyinda u „Stars and Stripes“ tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushib, debyut qilgan.
AQShning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi aʼzosi sifatida Jackson William Yueill 2020-yilning mart oyida CONCACAF erkaklar olimpiya saralash bosqichida ishtirok etdi. U turnirda amerikaliklarning sardori boʻlgan. U toʻrtta oʻyinda ikkita gol urgan va turnir natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan.
Shuningdek, Jackson William Yueill 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun yana AQSh terma jamoasiga kiritilgan.
Statistika
Jamoalari
Manbalar
uz.wikipedia.org