Jackson Irvine




Jackson Alexander Irvine (talaffuzi: Jekson Aleksandr Irvine; 7-mart 1993- yilda Avstraliyaning Melburn shahrida tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, „St. Pauli“ futbol klubi va Avstraliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati



Jackson Irvine oʻz faoliyatini „Melbourne Victory“ futbol klubida boshlagan. 2010-yilda u Shotlandiyaning „Celtic“ futbol klubiga oʻtgan va ilk mavsumlarda „Celtic“ futbol klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 2012-yil 1-sentyabrda „Hibernian“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jackson Irvine Shotlandiya premyer ligasida debyut qilgan. Xuddi shu mavsumda u chempion va Shotlandiya kubogi sohibiga aylangan.

2013-yilda Jackson Irvine oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Kilmarnock“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 17-avgust kuni „St Mirren“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 19-oktyabr kuni „Ross County“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jackson Irvine „Kilmarnock“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

2014-yilning yozida Jackson Irvine ijara asosida „Ross County“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 13-sentyabr kuni „Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2015-yil 1-yanvarda „Inverness Thistle“ futbol klubiga qarshi bahsda Jackson Irvine „Ross County“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Avstraliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jackson Irvine Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Salvador, Turkiya va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yilning 15-oktyabrida Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Jackson Irvine Avstraliya terma jamoasida debyut qilgan. 2017-yilning 28-mart kuni JCh-2018 saralashida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yinda Jackson Irvine terma jamoadagi ilk golini urgan .

2017-yilda Jackson Irvine Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kamerun va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2018-yilda Jackson Irvine 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Jackson Irvine Fransiya, Daniya va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz