Jack Monroe
Jack Monroe (1988-yil 17-martda tugʻilgan) – britaniyalik mashhur pishiriq retseptlar yozuvchisi, jurnalist hamda faol jamoatchi. U oʻz davlatidagi qashshoqlik muammolaridan, xususan, ocharchilikdan xalos boʻlish kompaniyasi bilan mashhur. Bloger oʻzining Jack deb (hozirda Bootstrapda Cooking deb oʻzgartirilgan) blogidagi posti tez suratlarda aylanganidan keyin mashhurlikka erishdi. U „ austerity recipes“ va kam masalliqlar bilan tayyorlanishi mumkin boʻlgan taomlarni oʻrgatuvchi yettita kitobi nashr etdi. Kitoblarni The Echo, The Huffington Post va The Guardian kabi nashrlar uchun yozgan.
Hayoti
Monroe 1988-yilda Sauthend-on-Sea shahrida David Hadjicostas va hamshira boʻlib faoliyat olib borgan Evelyn Hadjicostas oilasida tugʻilgan. Uning otasi yetti yil mobaynida Britaniya armiyasida, keyin esa 30 yil davomida oʻt oʻchirish boʻlimida xizmat qilgan. U 2007-yilda jamiyatga munosib xizmatlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlangan. Monroening uch nafar ukasi bor. Monroega bolaligida autizm va DEHB tashxisi qoʻyilgan boʻlsa-da, u voyaga yetguniga qadar bu haqida xabardor boʻlmagan.
Monroe orzusidagi dargohda oʻqish uchun jami 11 ta imtihondan oʻtdi va Westcliff-on-Sea shahridagi qizlarning oʻrta maktabida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻldi. U 16 yoshiga yetganda esa oʻsha maktabni tark etdi, chunki maktab taʼlimidan uning hafsalasi pir boʻlgandi.
Karyerasi
Jack Monroe turli ishlarda, jumladan savdo doʻkonida, keyin esa Starbucksda faoliyat olib borgan. 2007-yilda u Essex okrugi yongʻin va qutqaruv xizmatida qoʻngʻiroqlarni boshqarish boʻlimidan ish oldi. Farzandli boʻlganidan keyin esa u bolalarga gʻamxoʻrlik qilish mas’uliyati sababli atrofidagi ishni tartibga sola olmadi. Monroe 2011-yil noyabrida lavozimidan isteʼfoga chiqdi. 2012-yil dekabr oyida Daily Mirror nashrida uning ishsizligi, ish qidirayotgani va qashshoqlikda yashayotgani haqida xabar berilgan edi.
Blogi haqida
Monroening 2012-yilning iyul oyida A Girl Called Jack nomi ostidagi blogida „Hunger hurts“ posti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketish orqali mashhur boʻldi. Xabarda uning kambagʻallik tajribasi, imtiyozlarga tayanganligi hamda oʻzini va farzandini haftalik £ 10 oziq-ovqat byudjetidan boqish uchun kurashayotgani haqida batafsil maʼlumot berilgan va mana shu maʼlumotlar koʻpchilikni qiziqtirib qoʻya olgan. Blog dastlab mahalliy siyosat haqidagi postlar uchun moʻljallangan edi, ammo kam byudjetli odamlar uchun mos arzon retseptlar taklif qilish orqali rivojlandi. 2015-yil dekabr oyida blog nomi „Cooking on a Bootstrap“ deb oʻzgartirildi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org