Jack Harlow




Jackman Thomas Harlow (1998-yil 13-martda tugʻilgan) — Jack Harlow nomi bilan tanilgan amerikalik reper. Harlow bir nechta muvaffaqiyatli miksteyplarni chiqarganidan keyin 2018-yilda „Atlantic Records“ bilan shartnoma imzoladi.

Harlowning birinchi ommani eʼtiborini qozongan ijodi 2020 yilda „Whats Poppin“ boʻldi. Uning TikTok’dagi mashhurligi hamda reperlar DaBaby, Tory Lanez va Lil Wayne bilan remiksdan so‘ng u AQShning Billboard Hot 100 ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi va Grammy mukofotiga nomzod bo‘ldi. Harlow XXL jurnalining „2020 Freshman Class“ ga qoʻshilgan edi, u oʻzining debyut studiyaviy albomi „Thats What They All Say“ni chiqarishdan oldin, u AQShda platina sertifikatiga ega boʻlgan. 2021-yilda Xarlou Lil Nas X bilan hamkorlikda „Industry Baby“ nomli qo‘shig‘ini chiqardi va u Billboard Hot 100 reytingida birinchi o‘rinni egalladi va Harlowning bu natijaga erishgan birinchi singliga aylandi. Harlow oʻzining ikkinchi albomi „Come Home the Kids Miss You“ 2022-yilda chiqarildi va uning „First Class“ singli „Billboard Hot 100“da ikkinchi oʻrinni egalladi va keyinchalik chartda birinchi oʻrinni egalladi.

Harlow bir qancha mukofotlarga, jumladan, „2021 Billboard Music Awards“da eng yaxshi yangi ijrochi nomzodi boʻlgan. Xuddi shu yili u Variety jurnalining „Yilning eng yaxshi hitmeykeri“ deb topildi va Forbes 30 Under 30 roʻyxatiga kiritildi. 2022-yilda Harlow oʻzining aktyorlik debyutini sinab koʻrishini aytgan.

Yoshlik



Jackman Thomas Harlow 1998-yil 13-martda Kentukki shtatining Luisville shahrida tug‘ilgan. U ishbilarmon ayol Maggie va Brian Harlowning oʻgʻli boʻlib, Shelbivil yaqinidagi ot fermasida katta boʻlgan. Uning Clayborn Harlow ismli bitta ukasi bor. U ham fransuz, ham irland millatiga mansub. Harlowning bobosi dizayner Tommy Hilfiger bilan bir koʻchada yashagan.

Harlow bolaligida oilasi bilan Shelbivildan Luisvilga ko‘chib o‘tgan va 12 yoshida rep kuylay boshlagan. U va uning do‘sti Kennie Copeland qo‘shiqlarni yozish uchun Guitar Hero professional boʻlmagan mikrofoni va noutbukdan foydalangan. U yettinchi sinfda o‘qib yurganida Harlow professional mikrofonni qo‘lga kiritdi va „Mr.Harlow“ taxallusi ostida o‘zining birinchi „Extra Credit“ miksteypini yaratdi. U turli doʻstlari bilan „Moose Gang“ nomli kichik guruh tuzdi.

Karyera



2015-2018: Birinchi miksteyplar va Private Garden



2015-yil noyabr oyida Harlow oʻzining birinchi tijoriy ishi hisoblangan „The Handsome Harlow“ „EP“sini chiqardi. U Gill Hollandning sonaBLAST! leyblida chiqarildi. Oʻrta maktab davomida uning ijod namunalari koʻpincha Mercury Ballroom, Headliners va Haymarket Whisky Bar kabi Luisvildagi shoularda kuylangan..

2016-yil iyun oyida, Aterton oʻrta maktabini tugatgandan soʻng bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, u oʻn sakkizinchi miksteypini chiqardi, bu uning leybli va musiqiy kollektivi Private Gardendagi birinchi albom edi. Bu jamoada Harlowning hamkorlari, Luisvilli reperlar va prodyuserlar Ace Pro, 2forWoyne, Shloob, Quiiso va Ronni Lucciano ham bor. Keyingi yil davomida Harlow South by Southwest, Bonnaroo musiqa festivali va Forecastle festivalida chiqish qildi.

2017-yilning yozida Harlow „Rutine“ singlini chiqardi. Oʻsha yilning oktabr oyida u „Dark Knight“ singlini unga qoʻshilgan musiqiy video bilan birga chiqardi. „Dark Knight“ 2017-yil noyabr oyida chiqarilgan Harlowning Gazebo miksteypidagi asosiy singlga aylandi.

2018-2020: Generation Now Records, Loose va Confetti




Atlantaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Harlow daromad topish uchun „Georgia State University“ universiteti oshxonasida ishladi. Kafeteriyada ishlaganidan bir oy oʻtgach, u DJ Drama bilan tanishdi.[29]

2018-yil avgust oyida Harlow Atlantic Records bilan birgalikda DJ Drama va Don Cannonga tegishli boʻlgan Generation Now Records leybli bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi. Shuningdek, eʼlon qilingan kuni u oʻzining „Sundown“ singli uchun ishlangan videoni ham chiqardi. 17-avgustda Harlow oʻzining asosiy leybli bilan Loose debyut miksteypini chiqardi. Albomda CyHi the Prynce, K Camp, 2forWoyne va Teylor kabi mashxurlar ishtirok etgan. Dekabr oyida u K Camp ishtirokidagi „PickYourPhoneUp“ qoʻshigʻi uchun videoni ham chiqardi. „Loose“ 2019-yilgi BET Hip Hop Awards „Eng yaxshi miksteyp“ nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi. 2019-yil 21-avgustda Harlow Luisvilda yashovchi Brayson Tiller ishtirokidagi „Thru the Night“ singlini chiqardi. Keyin u Tiller, 2forWoyne va EST Gee ishtirokidagi oʻn ikkinchi miksteypi „Confetti“ni chiqardi.

2020-2021: Thats What They All Say



2022-yil 18-fevralda Harlow „Nail Tech“ singlini chiqardi, bu oʻzining ikkinchi studiyaviy albomidagi asosiy singl. Qoʻshiq Hot Billboard 100-da 18-oʻrinda debyut qildi va bundan oldin „Industry Baby“ prodyuserlik ishida ishtirok etgan Kanye Westning maqtoviga sazovor boʻldi. 24-fevral kuni Harlow Kanye Westning Donda 2 albomida „Louie Bags“ qoʻshigʻida rep ijro qildi.

2022-yil 16-martda Harlow oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi Come Home the Kids Miss You deb nomlaganini eʼlon qildi, u 6-mayda chiqarilgan. Ikkinchi singl „First Class“ Billboard Hot 100 roʻyxatida uning ikkinchi ijod namunasi boʻldi va bu oʻringa erishgan yilning birinchi hip hop qoʻshiqchisi boʻldi.

Aktyorlik debyuti



2022-yil mart oyida Harlow oʻzining aktyorlik debyutini 1992-yilda rejissyor Kalmatik tomonidan suratga olingan „White Men Canʼt Jump“ filmining qayta ishlanayotgan variantida rol ijro etishini eʼlon qilindi.

Ijodkorlik



Uslub



Harlowning ijodi tanqidchilar uning musiqasi va qoʻshiqlarida raqsga moyillikni hissiy samimiylik bilan uygʻunlashtirgani sifatida tavsiflagan. Bu huddi ziyofat va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish kabi mavzularni oʻz ichiga oladigandek. Harlow musiqasi hip-hop sifatida keng tasniflangan. Nashrlar uning musiqasini trap beats bilan pianino va uilleann pipes kabi asboblarni aralashtirish sifatida belgilagan.

2020-yilda The Guardian jurnalisti Kate Hutchinson Harlowning eng ommabop qoʻshiqlari uning koʻproq introspektiv qoʻshiqlari ekanligini haqida fikr bildirdi. The Guardian gazetasining yana bir yozuvchisi Thomas Hobbs Harlownin"oq tanlilar tomonidan aytiladigan yetarli xarizma borligini" yozgan. U oʻzining musiqasini ritmga urgʻu berish, ashula matnini esa „shaxsiy, lekin qiziqarli“ deb taʼriflagan. 2022-yilda Harlowning mashhurligi oshib ketganidan so‘ng, Terry Nguyen Harlow oʻz musiqasini Drake bilan solishtirgani uchun uni havolanib ketgan deb taʼrifladi. Lekin Nguyen Harlowning Ashula matnini dono soʻzlari va introspektiv mazmuni uchun yuqori baholagan.

Ilhomlanish



Harlow Eminem, Drake, Kanye West, Lil Wayne, Outkast, Paul Wall, Willie Nelson, Johnny Cash, Hall & Oates, Fergie, Jesse McCartney va boshqalardan ilhomlanishini takidlab keladi. Harlow, shuningdek, kinoning taʼsir kuchli deb biladi va oʻzining qoʻshiqlarini „qisqa filmlar kabi“ boʻlishini maqsad qilib keladi. Uning sevimli rejissyorlari Martin Scorsese, Quentin Tarantino va Alfred Hitchcock hisoblanadi.

Xayriya



Harlow Black Lives Matter siyosiy harakatini qoʻllab-quvvatlaydi. Tugʻilgan shahrida sodir boʻlgan Breonna Taylorning oʻldirilishiga norozilik namoyishida qatnashgan. Harlow oq tanli boʻlgani uchun „irqchilik tajribasi“ qanday ekanini hech qachon bila olmasligini va oq tanli reper sifatida oʻz ishiga shu bilim bilan yondashish uning masʼuliyati ekanligini taʼkidlagan.

2021-yil oktabr oyida Harlow Luisvillda joylashgan beshta tashkilotga xayriya qildi: AMPED, Ayollar va oilalar markazi, Grace M. James akademiyasi, Louisville Urban League va Metro United Way.

2021-yil dekabr oyida Harlow KFC va uning bosh kompaniyasi Yum! Bilan birga shtatning gʻarbiy mintaqasida halokatli tornadodan jabr koʻrganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun American Red Cross hayriya tashkilotiga 250 ming dollar xayriya qiladi.

Ijodkorlik



Harlowni tanqidchilar uning musiqasi va qoʻshiqlarini samimiylik bilan uygʻunlashtirganini tavsiflagan. Nashrlar uning musiqasini trap beats bilan pianinoni aralashtirish sifatida belgilagan

Harlow Eminem, Drake, Kanye West, Lil Wayne, Outkast, Paul Wall, Willie Nelson, Johnny Cash, Hall & Oates, Jesse McCartney va boshqalarni oʻz ichiga olgan bir qancha janrlarda oʻziga olgan taʼsirlarni keltirib oʻtadi. Harlow kinoni taʼsir kuchi sifatida koʻradi va qoʻshiqlarini „qisqa filmlar kabi“ boʻlishini maqsad qildi.

Diskografiya




Tur Konsertlar




Awards and nominations




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz