Jacek Góralski




Jacek Góralski (talaffuzi: Yatsek Guralskiy) (1992-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Bundesliga vakili VfL Bochum va Polsha terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Góralski oʻz faoliyatini Zawisza Bydgoszcz jamoasi bilan boshlagan, ammo 2011-yil boshida Viktoriya Koronovo jamoasiga erkin agent sifatida oʻtgan. U 2017-yilning yozida Bolgariya chempioni „Ludogorets Razgrad“ jamosi safiga kelib, ular bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

2020-yilning 19-yanvarida Góralski uch yillik shartnoma asosida „Qayrat“ jamosiga o‘tgan. 2022-yilning 16-iyunida Qayrat klubi rahbariyati Góralski klubni tark etishini eʼlon qilgan. 2022-yil 17-iyunda Góralski Germaniya bundes ligasining VfL Bochum jamosiga oʻtgani eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati




2016-yilning noyabrida Góralski Ruminiya va Sloveniyaga qarshi oʻyinlar uchun Polsha terma jamoasiga ilk bora chaqiruv olgan. U Sloveniyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

2018-yilning 4-iyunida Góralski Adam Navalkan boshchilik qilayotgan Polsha terma jamoasining, Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan. Góralski turnirda ikkita oʻyinda ishtirok etgan, birinchi bahsda Kolumbiyaga qarshi 0:3 hisobida magʻlub boʻlishgan va Yaponiyaga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Ikkala o'yinda ham Góralski to'liq 90 daqiqa harakat qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Ludogorets

- Bolgariya ligasi : 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020

- Bolgariya Superkubogi : 2019

Qayrat

- Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2020- Qozogʻiston kubogi : 2021

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz