Jabrlanuvchi
Jabrlanuvchi - jinoyat oqibatida yoxud aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar koʻrgan shaxc. Maʼnaviy zarar fuqaroning ornomusi va insoniy qadr-qimmatini toptashda, uni boshqa fuqarolar oldida kamsitishda, jamoatchilik oldida obroʻini tushirishda va badnom qilishda ifodalanadi. Jismoniy zarar — fuqaroning badaniga shikact va sogʻligʻiga putur yetkazish, jismoniy azob va ogʻriklarga duchor qilish, mulkiy zarar — shaxciy mulkni gʻayriqonuniy ravishda olish, unga shikact yetkazish yoki mulkka egalik qilish huquqini buzish demakdir. Fuqaroni J. deb topish haqida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror — qaror, sud esa — ajrim chikaradi. Agar J. voyaga yetmagan yoki muomalaga layokatsiz deb topilgan boʻlsa, ishda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. J.ning oʻlimi bilan tugagan jinoyat ishlarida J. huquklari qonunga binoan yaqin qarindoshlariga oʻtadi.
J.ga jinoyat ishida faol ishtirok etish va huquqlarini himoya qilish uchun keng vakolatlar berilgan. J.: koʻrsatuvlar berish, dalillar taqdim qilish, iltimosnoma berish va rad etish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud harakatlari ustidan shikoyat qilishga; dastlabki tergov tugagandan keyin ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga; sud muhokamasi olib borilayotgan tilni bilmasa, oʻz ona tilida gapirish va tarjimon xizmatidan foydalanishga hakli. J. oʻz manfaatlarini shaxsan oʻzi yoki oʻz vakili orqali himoya qilishi mumkin. J. sud muhokamasida qatnashayotib, guvohlarga, ekspertga, sudlanuvchiga, boshqa J.larga, fuqarolik daʼvogari va fuqarolik javobgariga savollar, sud tergovining istalgan paytida sud tekshirayotgan ish holatlari yuzasidan koʻrsatuv berish, arz qilingan fuqarolik daʼvosini quvvatlash huquqiga ega. J. ashyoviy dalillar va hujjatlarni hamda jinoyat sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishda ishtirok etishi, sud majlisi protokoli bilan tanishishi va protokol yuzasidan oʻz mulohazalarini maʼlum qilishi mumkin. J. hukm ustidan shikoyat qilishga, boshqa shaxslarning shikoyat va prokuror protesta bilan tanishishga, ular yuzasidan eʼtirozlar bildirishga haqli. J. ish yuzasidan bilganlarini maʼlum qilishga va qoʻyilgan savollarga javob berishga majbur. Kursatuvlar berishdan bosh tortganligi va bila turib yolgʻon kursatuvlar berganligi uchun J. jinoiy javobgarlikka tortiladi (OʻzR JPK, 54—55-moddalar).
Manbalar
uz.wikipedia.org