Jabrail Shapiyev




Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev (1997-yil 20-aprel, Izberbash, Dog'iston, Rossiya ) - rossiyalik, keyin esa oʻzbek erkin kurashchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Sportdagi faoliyati



Dastlab Kayakent sport maktabida Magomed Magomedov rahbarligida shugʻullangan, garchi u Izberbashda yashagan boʻlsa-da, keyinchalik Maxachkalaga koʻchib oʻtgan, Oliy sport mahorati maktabida Rasul Gadisov bilan birga shugʻullangan. 2014-yil mart oyida Vladikavkazda yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqan. 2014-yilning may oyida Bolgariyada oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. 2019-yil oktabr oyida Grozniyda oʻtkazilgan Axmat Qodirov kubogining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2021-yil aprel oyida Olma-Otadagi Osiyo saralash turnirida Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2021-yil iyun oyida Kaspiyskda Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib chiqqan. 2021-yil 5-avgust kuni 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medali uchun kurashda rossiyalik Artur Naifonovga yutqazib, natijada 5-oʻrinni egallagan.

Shahsiy hayoti



Akasi: Isa Shapiyev ham erkin kurashchi, Rossiya terma jamoasida oʻynagan, hozir Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.

Sportdagi natijalari



Rossiya uchun




Oʻzbekiston uchun




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz