Jabra orqali nafas oluvchilar




Jabra orqali nafas oluvchilar (Branchiata) — boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi; 1 sinf — qisqichbaqasimonlarni oʻz ichiga oladi. Birlamchi suv hayvonlari, ayrim turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Odatda jabralar orqali nafas oladi. J. o. n. o. jabrasi oyoklari epipodat oʻsimtasi yoki shaklan oʻzgargan oyoqlar hisoblanadi. Juda mayda turlarida jabra boʻlmaganligi uchun tana yuzasi orqali nafas oladi. Qurukliqda yashashga moslashgan ayrim turlari (zahkashlar)da oʻziga xos traxeyalar boʻladi. J. o. n. o.ning boshida 2 juft moʻylovlar — antennula va antennalar boʻladi. Shuning uchun ularni baʼzan 2 juft moʻylovlilar (Dian-tennata) deb ham ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz