Jabra




Jabra (branchtae), oyquloq — suv hayvonlarining gaz almashinuv organi. Kelib chiqishi va tuzilishi har xil boʻlgan tana oʻsimtasidan iborat. J.da qon (yoki limfa) tomirlari qalin toʻr shaklida tarmoqlangan. Tomirlarning yupqa devori orqali qon yoki tana suyukligidan atrof muhitga SO2 ajralib, undan O2 yutiladi. Halqali chuvalchanglar J.si juda oddiy tuzilgan boʻlib, parapodiylarida (erkin oʻrmalab yashovchilar) yoki boshida (nay ichida yashovchilar), koʻpchilik yuksak qisqichbaqasimonlarda esa koʻkrak oyoqlari asosida yoki tanasining ikki yonida joylashgan. Hasharotlar suvda yashaydigan lichinkalarining traxeya J.lari yupqa devorli oʻsimtadan iborat boʻlib, tananing har xil joyida oʻrnashgan oʻsimtaga uchi berk traxeya naychalari kirib turadi. Mollyuskalar J.si ktenidiy yoki plastinkasimon. Ignaterililarniki (dengiz tipratikanlari va yulduzlari)niki ichi suyuqlik bilan toʻlgan teri oʻsimtalaridan iborat.

Suvda yashovchi xordalilar halqumi devorida bevosita yoki jabra oldi boʻshligʻi orqali tashqi muhitga ochiladigan J. yoriklari boʻladi. Ichak bilan nafas oluvchilar, qobiklilar va bosh qutisizlar J. yoriklari oraligʻidagi toʻsiq qon kapillyarlari bilan taʼminlangan. J. yoriqlari orqali suv bilan qon oʻrtasida gaz almashinuvi roʻy beradi. Balikdar J. yoriklari J. yoylari bilan toʻsilgan. Togʻayli baliklar J. yoylarida J. varaklari joylashgan. Suyakli va ayrim togʻayli baliklar J. varaklari 2 qator boʻlib sirtdan J. qopqoqlari bilan yopilgan. Bu qopqoqlar ogʻiz bilan bir vaqtda ochilib yopiladi. J. varaklari sirtidagi yupqa burmalar J.ning nafas olish yuzasini kengaytiradi. Faol suzadigan baliklar J. yuzasi kam harakat baliqlarga nisbatan ancha keng. Suvda va quruklikda yashovchilar lichinkalarida tashqi J. boʻladi. J. suvtuz almashinuvi, suv va tuz ionlarini shimib olish va ajratishda hamda ammiak va mochevina ionlarini ajratib yuborishda muhim ahamiyatga ega.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz