Jabborova Dilafro‘z Abdurahimovna




Dilafroʻz Abdurahimovna Jabborova (1950.5.7, Toshkent) – raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining xalq raqslari boʻlimini (1967), Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya boʻlimini (1983) tugatgan.

„Shodlik“ ashula va raqs ansamblida (1967—78), Navoiy teatrida (1978—82), „Oʻzbekkonsert“ birlashmasida (1982—86), 1986-yildan Muhitdin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniya gastrol-konsert birlashmasida yakkaxon raqqosa. 1990— 2001-yillar „Shodlik“ (1996-yildan „Oʻzbekiston“) ashula va rake ansamblining badiiy rahbari. Ijrosidagi raqslar shoʻxchanligi, joʻshqin harakatlarga boy va ifodaviyligi, ayol qalbidagi ishq, dardu alam, quvonchlarni nozik ishvalarda ifoda etuvchi chiroyli xiromi bilan ajralib turadi.

Eng yaxshi raqslari: „Dil kuylasin“, „Gulruh“, „Daryoi azim“, „Surnay lazgisi“, „Noz etar“, „Oʻsma qoʻyibdi qoshiga“, „Raqqosa“, „Tanavor“, „Uynasangiz“, „Munojat“ va boshqalar. „Karmen“ (J. Bize) operasida Farandou partiyasini ijro etgan. Repertuaridan hind, chili, uygʻur, rus, eron, turk, afgʻon, loʻli va b. Xalqlar raqslari oʻrin olgan. AQSH, Avstraliya, Belgiya, Vyetnam, Germaniya, Suriya, Gʻarbiy Berlin va b. mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. D.Jabborova ijodiga bagʻishlangan „Dilafroʻz Jabborova raqsga tushadi“ telefilmi suratga olingan (1984).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz