Jabborov Ilhom
Jabborov Ilhom (1945.30.6, Oʻrta Chirchiq tumani) – haykaltarosh, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining akademik (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1971)ni tugatgan. 1995 yildan Respublika rassomlik kollejida oʻqituvchi. 1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida haykaltaroshlik ustaxonasi rahbari, professor J. asarlarida anʼanaviy realistik haykaltaroshlik uslubiga xos xususiyatlar milliy mavzu va taʼsirchan obrazlarni ifodalashda oʻz aksini topgan. Dastgoxli va mahobatli asarlari (portret, tarixiy shaxslar qiyofasi aks ettirilgan) umumlashma va ramziylik yoʻlida yaratilgan. „Xayol“ (yogʻoch, 1974), „Mashrab“ (yogʻoch, 1974), „Oqshom“ (yogʻoch, shamot, 1980), „Dam olish“ (shamot, 1982), „Falakning gardishi“ (shamot, 1983), „1941—45 yillar“ triptixi (shamot, 1985) va b. Toshkentdagi Furqat (bronza, granit, 1982; meʼmori S. Sutyagin), Urgutdagi Navoiy (mis, 1985), Namangandagi Mashrab (mis, 1988), Toshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy), Fargʻonadagi AlFargʻoniy (bronza, 1998), Toshkentdagi „Ona“ (bronza, 1999), Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari J.ning mahobatli asarlaridan. "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Manbalar
uz.wikipedia.org