JABALPUR — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar, Madhya- Pradesh shtatida, Narbada daryosi bo’yida. Aholisi 740 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Savdo-sanoat markazi. To’qimachilik (ip-gazlama), keramika, yog’och-sozlik, metallsozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari bor. Yog’och savdo qilinadi. Jabalpur yonidan boksit olinadi. Jabalpur 19-asrning 1-yarmida inglizlarning harbiy bazasi sifatida bunyodga kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish