Jabal makoni




Jabal makoni — mezolit, neolit va jez davri (mil. av. 7—2-ming yilliklar)ga oid makon. Turkmanistondagi Katta Bolxon togʻlarida, Turkmanboshi — Ashxobod temir yoʻldagi Jabal stansiyasidan 3,5–4 km sharqdagi gʻorda joylashgan. Gʻor ikki tarmoqsan iborat boʻlib, ogʻzi jan.ga qaragan, kengligi 9 m, chuq. 7,5 m, bal. 4 m. 1949—50 yillarda A. P. Okladnikov tomonidan oʻrganilgan. J. m.ning madaniy qatlami 3 m qalinlikka ega. J. m.ning pastki 6-madaniy qatlamida oʻrta tosh davriga, keyingi qatlamlaridan neolit va jez davriga oid chaqmoqtoshdan ishlangan qirgʻich, paykon va koʻplab chaqmoqtosh chiqindilari, jayran, yovvoyi echki, baliq va b. hayvonlarning suyak qoldiqlari, sopol idishlar topilgan. Bu narsalar xoʻjalik hayotida ovchilik, baliqchilik va terimchilik asosiy oʻrinni egallaganini koʻrsatadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz