Jabal
Yaman togʻlari , Jabal - Arabiston yarim orolning janubi-gʻarbiy qismidagi togʻlar, Yaman Respublikasi va Saudiya Arabistoni hududida. Shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa 500 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 3600 m. Kristall va vulkanli jinslardan tuzilgan palaxsali yassi choʻqqili massivlardan iborat. Soʻngan vulkanlar bor. Yaman togʻlari chuqur vodiylar bilan kesilgan. Yon bagʻirlari Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻiga tik tushadi, shimoli-sharqda Rub ulXoli choʻli tomon pasayib boradi. Quruq dasht, choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Vaqtincha oqar suvlar va daryo vodiylarida butazorlar bor.
uz.wikipedia.org