Jañaözen
Janaoʻzen —(qozoqcha: Жаңаөзен) Mang'istau viloyatidagi shahar. Viloyat markazi — Aqtau shahridan janubi-sharqgacha 150 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 103,598 kishi (2013).
Tarixi
Shahar poydevori 1968-yil shu joydagi yirik „Oʻzan neft konining“ ochilishi bilan qurilgan. 1973-yil 20-martda Janaoʻzen viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi.
Sanoati
Janaoʻzen Qozog'istondagi yirik neft-gaz qazib olish markazi boʻlib hisoblanadi. Bunda neft va gaz oladigan va ularni qayta ishlaydigan „Oʻzenmunaygaz“ Aj birlashgan tashkilot bor. Ularning eng kattasi „Qazaqgazmunayoʻndeu“ zavodi.
Aholisi
2013-yili 1-iyuldagi statistika boʻyicha shahrda (atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda) 127,5 ming kishini tashkil qildi. Jami viloyatning 17 %. Aqtovdan Janaoʻzengacha masofa 150 km. Shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Shaharda katta salmoqqa ega boʻlgan millatlar: qozoqlar, ruslar, ukrainlar, qoraqalpoqlar.
Janaoʻzen voqeasi
1989-yil shahar aholisi, chetdan kelgan ishchilarning qozoqlar ustidan kulib, kamsitganligiga norozilik bildirib qoʻzgʻalonga chiqishdi. Kavkaz millatining vakillarini maxsus samalyotlar bilan koʻchirdi. Aholining qoʻzgʻaloni „Vityaz“ maxsus harbiylarning kuchi bilan bosildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org