J. Hans D. Jensen




YENSEN (Jensen) Yoxannes Xans Daniyel (1907.25.6, Gamburg — 1973.11.11, Geydelberg) — nemis nazariyotchi fizigi. Gamburg universitetini tugatgan (1932). Ilmiy ishlari atom yadrosi nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Fanga spin-orbital bogʻlanish tushunchasini kiritgan. M. Geppert-Mayerazya mustaqil ravishda yadroning qobiq modelini ishlab chiqqan. Kristallarda ionlarning oʻzaro taʼsirlashishini oʻrgangan va kristallar toʻliq energiyasining atomlararo masofaga bogʻliqligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1963).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz