Izzatilla Abdullayev




Izzatilla Abdullayev (ruscha: Иззатилла Абдуллаев; 16-yanvar 1996-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi hujumchisi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida 2012-yilgi AFC U-17 Osiyo Kubogi chempioni va 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati ishtirokchisi.

Futbolchilik faoliyati



Futbolchilik faoliyatini Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yil „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Jizzax jamoasi tarkibida 5 mavsum davomida oʻynagach 2020-yilgi mavsum oldidan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Buxoro jamoasida bir mavsum davomida oʻynadi va 23 ta oʻyinda ishtirok etib 3 gol muallifi boʻldi. 2021-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz