Izotsiklik birikmalar




Karbotsiklik birikmalar (lot carbo-koʻmir va yun. kyklos — halqa, doyra), izotsiklik birikmalar — molekulasidagi uglerod atomlari halqasi (sikli) bor boʻlgan organik birikmalar. Mas, siklopentan (I), siklogeksan (II), benzol (III) va h.k.

K.b. molekulalari halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa elementlar, mas, azot, kislorod, oltingugurt atomlari buladigan geterotsiklik birikmalardan, shuningdek, ochik, zanjir hosil qilib birikkan atsiklik birikmalardan farq qiladi. K.b. organik birikmalarning asosiy sinflaridan biri. Alitsiklik va aromatik birikmalar ga boʻlinadi. K.b. tabiatda goyat keng tarqalgan. Ularning koʻpchiligi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. K.b. ga neft uglevodorodlari, terpenlarning koʻpchiligi, bir qator antibiotiklar, buyoqlar, dorivor moddalar, insektitsidlar va b. kiradi. Sintetik smolalar, plastmassalar va h.q. olishda ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz