IZOPREN (2-metilbutadien-1,3), SN2=S(SN3)-SN=SN2 – to’yinmagan uglevodorod, rangsiz suyuqlik. Molekuyar modda 68,11, qaynash temperaturasi 34,07°, suyuqlanish temperaturasi — 146°, spirt va efirda eriydi. O’z-o’zidan alangalanadi (400° da). Izopren to’yinmagan uglevodorodlarga xos reaktsiyalarga kirishadi, oson gidrogenlanadi, metallorganik birikmalar hosil qiladi. Birikish va polimerlanish Izoprenning o’ziga xos reaktsiyalaridan hisoblanadi. Sanoatda izobutilenga formaldegid ta’sir ettirish, izopentanni gidrogenlash, suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish usullari bilan olinadi. Sintetik kauchuk, termoelastoplastlar, xushbo’y va dorivor moddalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish