Izooktan




Izooktan , C(CH)—CH—CH(CH) — oktan izomeri, trimetilpentan, benzin hidi keladigan rangsiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 99,24°, suyuqlanish temperaturasi — 107,38°, zichligi 692 kg/m, 500—570° da metan va izobutilen hosil qiladi. Sanoatda diizobutilenni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab olinadi. Izooktan suvda erimaydi, oddiy organik erituvchilarda eriydi; benzol, metil va etil spirtlar bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Izooktanning antidetanatsion xossalarini 100 birlikka teng deb qabul qilingan, u oktan soni deb ataladi. Antidetonatsion xossalari yuqori boʻlgan benzinlar olishda qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz