IZOMERLANISH
IZOMERLANISH, izomerizatsiya- organik birikmalarning molekulasi ichidagi o’zgarish. Bunda molekulalarning tuzilishi o’zgaradi-yu tarkibi va molekulyar moddasi o’zgarmaydi. Izomerlanish reaktsiyalari qaytar reaktsiyalardir: izomer shakllar o’rtasidagi muvozanat temperatura, bosim va shu kabilarga bog’liq. Tautomeriya Izomerlanishning juz’iy bir ko’rinishidir. Neftni qayta ishlash sanoatida motor yonilg’ilarining sifati Izomerlanish yo’li bilan yaxshilanadi, aromatik bo’lmagan xom ashyodan kimyo sanoati uchun muhim aromatik uglevodorodlar — tolu- ol va shu kabilar olinadi. Tabiatdagi kimyoviy jarayonlarda Izomerlanish muhim ahamiyatga ega.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz