IZOGAMIYA (izo… va Yunoncha gamos — nikoh) — morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydigan, ammo har xil biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarga ega bo’lgan gametalarning qo’shilishi (kopulyasiyasi)dan iborat jinsiy jarayon. Izogamiya bir hujayrali va ayrim ko’p hujayrali suv o’tlari, tuban zamburug’lar va ko’pchilik bir hujayralilar (ildizoyoqlilar, nurlilar, tuban gregarinalar)da uchraydi, lekin ko’p hujayrali orga-nizmlarda (yashil suv o’tlaridan tashqari) uchramaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish