IZOFERMENTLAR



IZOFERMENTLAR (izo… va Fermentlar), izoenzimlar, izozimlar — ma’lum fermentning molekulyar shakllari. Bir tipdagi katalitik faollikka ega. Bir turdagi organizmlarda yoki bir hujayrada uchraydi. Bir xildagi reaktsiyalarni tezlatadi, lekin tarkibidagi aminokislotalari, ba’zi fizik, immunologik, adsorbtsion va katalitik xossalari, fazoviy tuzilishi va boshqalar bilan farq qiladi. Izofermentlarni elektroforsz yordamida bir-biridan ajratish mumkin. Ko’pgina fermentlar (laktatdegidrogenaza, malatdegidrogenaza, kreatinkinaza va boshqalar) uchun izoform mavjudligi aniqpandi. Bitta ferment izoformlari Izofermentlar spektrini tashkil etadi. U odam, hayvon va o’simliklar organizmining turli to’qimalari uchun qat’i xos bo’lib, ba’zi patologik holatlarda o’zgarishi mumkin. Izofermentlarni aniqlash diagnostik ahamiyatta ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz