Izlam
Izlam — shoir Faxriyor tomonidan yozilgan sheʼr hamda tarjimalardan iborat toʻplam. Toʻplam 2017-yili Akademnashr tomonidan chop etilgan. Yozuvchi Nazar Eshonqul toʻplam borasida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
Adabiyotshunoslik nazarida „yosh va umidli“ boʻlib qolayotgan Faxriyor bu kitobi orqali makon, zamon, olam haqidagi oʻzining 30 yillik badiiy tajribalari mujassamlashgan qatʼiy, toʻlaqonli adabiy, falsafiy qarashlarini, badiiy-nazariy xulosalarini bayon qilgan. Shu jihatdan „Izlam“ kitobi bugun oʻarb postmodernistshunoslari badiiy matnni tahlil ob’ektiga aylantirgan semantik, madaniy, germenevtik, emotsional-aktsional va timsoliy kodlarga boyligi bilan ham zamonaviy sheʼriyatimizda alohida oʻrin tutishi aniq.
Izlam toʻplami ortidan 2022-yil noyabr oyiga kelib yosh ijodkorlarning kitoblari „Izlam“ turkumi oʻlaroq chop etilgan. Xususan, Azizbek Norovning „Azal va abad yoʻli“, Muhammad Siddiqning „Dugoh“, Xurshid Abdurashidning „Faqat u qoldi“, Rafiq Oʻzturkning „Ichingda bahor“, Jontemirning „Jazba“, Mirzohid Muzaffarning „Mahv“, Tillanisoning „Qon“, Madina Norchoyevaning „Qumaru“, Feruza Xayrullayevaning „Tutqun“ kabi toʻplamlari Akademnashr tomonidan nashr etilgan. Turkum nashr etilgandan keyin oʻzbek internet segmenti ayrim sheʼriy kitoblarni „yalangʻoch“ sheʼriyat sifatida qabul qilgan va bu keng muhokamalarga sabab boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org