Izador Zinger




Isadore Singer (talaffuzi: Izador Zinger) (1924-yil 3-may — 2021-yil 11-fevral) — amerikalik matematik. Singer 1962-yilda Michael Atiyah bilan hamkorlikda Atiyah-Singer indeks teoremasini isbotlab, shuhrat qozongan. Ikki olim bu ishlari uchun 2004-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Singer avval Michigan universitetida, keyin Chicago universitetida tahsil olgan. Soʻnggra Berkeleydagi California universitetida, keyinchalik Massachusetts texnologiya institutida ishlagan. 1980-yillarda Shiing-Shen Chern va Calvin Moore bilan Matematika fanlari tadqiqot institutiga (inglizcha: Mathematical Sciences Research Institute, MSRI) asos solgan.

Singer 2000-yil Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Olim AQSh Milliy fanlar akademiyasining, Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining toʻliq aʼzosidir.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz