Iyd




Iyd (arab.— bayram) — islom anʼanasidagi ikki diniy bayram. Birinchisi Qurbon hayiti — zulhijja oyining 10-kuni. Ikkinchisi Roʻza hayiti — ramazon oyi tugagandan keyin shavvol oyining birinchi kuni. Har ikki hayit kuni ham bomdod namozidan tashqari quyosh chiqqandan keyin to tush paytigacha boʻlgan vaqtda ikki rakaat hayit namozi oʻqiladi. Oʻzbekistonda hayit namozini kun chiqqandan 15 daqiqa oʻtgach oʻqish odat tusiga aylangan. Har ikkala hayitning 1-kuni dam olish kuni deb belgilangan (yana q. Hayit).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz