IYD



IYD (Arabcha— bayram) — Islom an’anasidagi ikki diniy bayram. Birinchisi Qurbon hayiti — Zulhijja oyining 10-kuni. Ikkinchisi ro’za hayiti — ramazon oyi tugagandan keyin shavvol oyining birinchi kuni. Har ikki hayit kuni ham bomdod namozidan tashqari quyosh chiqqandan keyin to tush paytigacha bo’lgan vaqtda ikki rakaat hayit namozi o’qiladi. O’zbekistonda hayit namozini kun chiqqandan 15 daqiqa o’tgach o’qish odat tusiga aylangan. Har ikkala Hayitning 1-kuni dam olish kuni deb belgilangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz