Ixtiyorov Baxtiyor
Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov (28-mart 1940-yil – 21-noyabr 2021-yil) – Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 1958-yilda Buxoro shahrida maktabni tugallagan. Shoir va dramaturg Omon Muxtor bilan sinfdosh boʻlgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejissor (1959-1976), bosh rejissor (1980-1988), 1976—1980-yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—1991-yillar Satira teatrida bosh rejissor, aktyor (1991-yildan shu teatrda aktyor, rejissor).
Eng yaxshi rollari: Asad („Oltin qidiruvchilar“), Koʻsadov („Ravshan va Zulxumor“), Asad („Kimga toʻy, kimga aza“), Abubakr („Jon qizlar“), Tohir („Ishqing bilan“), Parvoz („Ajab savdolar“).
Kinodagi yirik rollari: Hasan („Ajoyib xayolparast“), Baxtiyor („Choʻl usti osmon“), Baxtiyor („Yor-yor“), Qoʻgʻirchoqboz („Oʻtgan kunlar“), Hofiz („Nodirabegim“), Yettinchi jin („Yettinchi jin“), Suhrob („Abu Rayhon Beruniy“).
Rejissor sifatida „Ezop“ (G. Figeyredu), „Yolgʻonchi darkor“ (D. Psatas), „Jumagul“ (T. Qaipberganov), „Jonim fido“ (I. Rahim), „Kimga toʻy, kimga aza“ (N. Safarov), „Xotinimning eri“ (G. Xugayev va K. Pliyev), „Otasining qizi“ (Isfandiyor), „Soʻnggi oʻq“ (Oʻ. Umarbekov), „Aka-uka sovchilar“ (R. Muhammadjonov), „Layli va Majnun“ (A. Navoiy), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Ixtiyorov komik aktyor boʻlib, obraz yaratishda ifoda vositalarini tezkorlik bilan kengaytirish, voqeaning ijtimoiy mohiyatini, oʻz sanʼati jihatlarining hajviy tomonlarini chuqurlashtirish, boʻrttirib koʻrsatish qobiliyatiga ega. Uning hajvlari kuldiribgina qolmay, balki kulgu ortiga yashiringan dardi kishini oʻylashga majbur etadi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Ixtiyorov 2021-yil 21-noyabrda Toshkent shahrida 81 yoshida vafot etdi.
Oilasi
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ixtiyorov Baxtiyor haqida aniq ma'lumotlar berish uchun qo‘shimcha kontekst yoki tafsilotlar kerak bo‘ladi, chunki bu ism va familiya bir nechta sohalarda uchrashi mumkin. Agar sizda aniq bir soha (masalan, madaniyat, fan, sport, siyosat yoki boshqa) yoki boshqa identifikatorlar bo‘lsa, iltimos, ayting. Shu orqali sizga to‘liq va aniqroq ma’lumot taqdim eta olaman.
Agar umumiy ma'lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qaysi ixtiyorov Baxtiyor haqida ma'lumot kerakligini aniqlashtiring. Masalan:
- Ijtimoiy faoliyatda qatnashgan shaxsmi?
- Madaniyat yoki san’at sohasidagi shaxsmi?
- Ilm-fan, sport yoki boshqa sohaga oid shaxsmi?
Qo‘shimcha ma’lumot bilan yordam berishdan mamnun bo‘laman!