Ixtiyor Kamolov




Ixtiyor Ramazonovich Kamolov (1967-yil 16-noyabr, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi



Ixtiyor Kamolov 1967-yil 16-noyabr Qiziltepa tumani Sovungaron qishlogʻida tugʻilgan. 1992-yilda Samarqand davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 1992—1999-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti fizika kafedrasi laboratoriya mudiri, 1999—2004-yillarda ixtisoslashgan texnika kolleji oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2004—2006-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 2006—2008-yillarda shu kafedraning katta oʻqituvchisi, 2008—2019-yillarda kafedra dotsenti, 2019-yildan fizika va texnologik taʼlim fakulteti dekani, fizika va astronomiya kafedrasi professori.

Oilasi



Oilali. 2 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati



Ixtiyor Kamolov 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz