Ixtikor




Ixtikorning lugʻatiy maʼnosi "bir narsani oʻz boʻlishini va narxini oshishi istab sotib olmoqlik"dir.

Shariati Islomiyyada: Insonlarning va uy hayvonlarining oziq ovqatlarini narxi arzonligida olib uning narxini oshishini 40 kun kutmoqlikdir.

Rosul Akram sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Ixtikor qilgan kishi xato qilibdur." Imom Muslim rivoyati. Yana Rosul Akram sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Tujjor rizqlangandir, muxtakir esa laʼnatlangan." Ibni Mojja va Doromiy rivoyatlari.

Imom Aʼzamga koʻra ixtikor faqat oziq-ovqat mollarida boʻladi. Imom Muhammadga koʻra esa liboslarda ham ixtikor boʻlishi mumkin. Imom Abu Yusufga koʻra esa musulmon jamiyatiga ziyoni yetadigan boʻlsa jamii narsalarda ixtikor mavjud boʻlishi mumkin.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz