Ivica Ivušić




Ivica Ivushić( talaffuzi: Ivitsa Ivushich ) (1995-yil 1-fevralda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, NK Osijek jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamosi sharfini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati



Xorvatiyaning Rijeka shahrida tugʻilgan Ivica Ivušić yoshlikdagi faoliyatini mahalliy „Rijeka“ futbol klubida boshlagan. U 2009-yilda Italiyaning "Internazionale" futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyada sakkiz yil davomida salohiyatini oshirgan. 2014-yilning iyul oyida Ivica Ivušić Lega Pro klubi Pratoga ijaraga berilgan. 2014-yil 30-avgustda u San-Marino Kalsio jamosiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Keyinchalik Ivica Ivušić 2015-yil 17-avgustda Prva HNL Istra 1961 jamoasiga qoʻshilgan. Italyan akademiyasi Ivica Ivušićni Istraliklarga 75.000 yevro evaziga sotgan. Istra jamoasida bir nechta mavsum oʻtkazganidan soʻng, 2018-yil 18-yanvar kuni Gretsiyaning „Olimpiacos“ klubi Ivica Ivušićni nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolab jamoa tarkibiga qoʻshib olganini eʼlon qilgan.

2018-yilning 12-iyunida Ivica Ivušić Xorvatiyaga qaytgan. Gretsiya jamoasi darvozabonni 200.000 yevro evaziga NK Osijek jamoasiga sotgan. Ivica Nk Osijek jamosi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolab jamoa tarkibiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



U 2021-yilning 4-sentyabr kuni Slovakiya futbol terma jamosiga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida Xorvatiya terma jamoasi safida debyut qilgan va safarda kechgan uchrashuvda Xorvatiya terma jampaosi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ivušić o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bugungi kungacha Ivica Ivušić terma jamoa safida 5 marotaba oʻyinga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz