IVANOV PLATON IVANOVICH



IVANOV PLATON IVANOVICH (1891 — 1968) — psixolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1968), professor (1938), 1927 yildan O’zbekistonda. Dastlab Samarqanddagi O’zbek oliy pedagogika institutida dars bergan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida pedagogika (1930-39), psixologiya kafedralari (1939-68) mudiri. Shu institutda psixologiya laboratoriyani ochgan va unga rahbarlik qilgan. Psixologiyaning turli masalalariga, xususan, Iroda va xarakter tarbiyasiga oid bir necha asarlari, pedagogika institutlari talabalari uchun darsliklari nashr etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz