Ivanov Aleksey Nikolayevich




Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905.1.8, Ulyanovsk - 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919— 20). 1929-yil dan Samarkandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shugʻullangan. Ilk asari — "Kitob ushlagan oʻzbek qizi" (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: "Shaxtyor" (1947), "Zveno boshligʻi" (1953), "M. Turgʻunboyeva" (1955), "Ibn Sino" (1956) va b. haykallari, Mehnat Kahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yoʻldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va b.) portretlari ustida ishlagan; 50—60y. larda mehnat ahli aks etgan haykallar ("Poʻlat quyuvchi", "Choʻpon", "Payvandchi qiz" va b.), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz