Ivanov Aleksey Ivanovich




Aleksey Ivanovich Ivanov (1885—1958) — mexanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898—1906), Germaniyaning Tyubingen sh.dagi universitetni va Karlsrue (Baden) politexnika institutini (1906—12), Peterburg politexnika institutini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik zavodida muhandiskonstruktor (1912—14). Yoqilgʻi boʻyicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishladi (1917—19). 1919-yildan Turkiston untida, Oʻrta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI)da, Oʻrta Osiyo Energetika institutida, Oʻrta Osiyo Industrial institutida, Toshkent Politexnika institutida ishladi. Bir necha oʻquv qoʻllanmalari tuzdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz