Ivanin Yegor Ivanovich




Yegor Ivanovich Ivanin (1918.18.1, Tyumen viloyati, Sladkovorni, 1979.8.6, Jizzax) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1939-yildan Samarqand viloyatining Zomin tumanida yashagan, traktorchi boʻlib ishlagan. 1938—40-yillar armiyada. 1941-yildan frontda. 1-Boltiqboʻyi frontining 14tankka qarshi qi-ruvchi artilleriya brigadasining batareya komandiri. Ivanin 1944-yil 21-avgust da Litvaning Shaulyay shahri uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1945-yil 24-martda Kahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan keyin Jizzax viloyatidagi jamoa xoʻjaliklarida, keyin Jizzax shahri zavodlaridan birida shofyor boʻlib ishlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz