Ivan Trichkovski
Ivan Trichkovski (makedon. Ivan Tričkovski; 1987-yil 18-aprelda tugʻilgan) – makedoniyalik professional futbolchi, Kipr birinchi divizion AEK Larnaka jamoasida oʻynaygan va sardori hisoblanagan.
Klub Faoliyat
Qizil yulduz Belgrad
Trichkovski „Srvena Zvezda“ga 2008-yilning yanvarida „Rabotnički“ kulibi bilan shatnoma imzolagan, uning boshlagʻich maoshi 800 000€ yevro boʻlgan. U 2008—2009-yilgi UEFA kubogida u oʻzining boʻlajak jamoasi (APOEL) bilan „Srvena Zvezda“ safida oʻynaganida toʻqnash kelgan va Belgradda 3:3 hisobidagi keskin durangda magʻlub boʻlgan tomonda boʻlgan. 116-daqiqa oʻynagan
.
APOEL
Trichkovski 2009-2010-yilgi mavsumni Enosis Neon Paralimni klubida shartnoma asosida oʻtkazgan va u 29 ta oʻyinda 8 ta gol urgan va Kiprning muvaffaqiyatli klubi – APOELning eʼtiborini tortgan, u 2010-yil may oyida Trickovski bilan uch yillik shartnoma imzolashga rozi boʻlgan. Taxminlarga koʻra, „Srvena Zvezda“ga toʻlangan transfer narxi 300 000€ yevro atrofida boʻlgan. 2010-yil dekabr oyida Belgiyaning „Lokeren“ klubi Trickovski uchun 1,2 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqdi, ammo APOEL buni rad etgan. Trichkovski APOELdagi birinchi mavsumidayoq klubga 2010—2011-yilgi Kipr birinchi divizionida gʻalaba qozonishga yordam berib, chempion boʻlgan. Keyingi mavsumda u APOELning 2011—2012-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi oʻyinlaridan tashqari barchasida (guruh bosqichidan chorak finalgacha) maydonga tushgan va 2011-yil 28-sentyabrda Donbass Arenada „Shaxtyor“ darvozasiga bitta gol urgan va 61-daqiqada, 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan guruh bosqichi oʻyinida. Uning jamoasi shuningdek, 16-turnirda Olimpik Lion ustidan gʻalaba qozongan va penaltilar seriyasida oʻz urinishini golga aylantirgan.
Brugge klubi
2012-yilning iyun oyida Trichkovskiga Belgiyaning „Bryugge“ unga katta pul taklifqilingan va u taklifni qabul qilib klubiga oʻtgan, xabarlarga koʻra, 1,2 million yevro taklif qilingan. 2013-yil 20-iyulda u „Bryugge“ klubidan bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida „Vaslend-Beveren“ga oʻtgan.
AEK Larnaka
2016-yilda Trichkovski Kipr birinchi divizion AEK Larnaka klubiga oʻtgan. 2019-yilning 1-avgustida u UEFA Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichida Bolgariyaning „Levski Sofiya“ klubi ustidan mehmonda jamoasi bilan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, faoliyatidagi eng yuqori toʻrtta golga mualliflik qilgan.
Xalqaro martaba
U17 uchun Trichkovski 2003-yil 21-sentabrda Italiyaga, 2004-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u Lyuksembur darvozasiga gol urgan. 2003-yil 25-sentabrdagi oʻyinda boʻlib oʻtgan.
Trichkovski U19 jamoasida ham oʻynagan. U 2004-yil 28-sentyabrda Ozarbayjon darvozasiga gol urgan, U-19 Yevropa chempionati saralash bahsida ham, 2004-yil 30-sentyabrda Armanistonga, Fransiyaga 2004-yil 2-oktabrda gol urgan. U 2006-yili 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ham oʻz mamlakati tarkibida oʻynagan.
Trichkovski 2008-yil fevral oyida Serbiya bilan oʻrtoqlik oʻyini boʻlgunicha Makedoniyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, biroq jarohati tufayli jamoani tark etishga majbur boʻlgan. U 2010-yilning 29-mayida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvida gol urgan, oʻshanda Makedoniya jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. U Makedoniya terma jamoasidagi ikkinchi golini 2010-yilning 11-avgustida Malta darvozasiga kiritgan. 2020-yil may holatiga koʻra, u jami 56 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
yangilangan oʻyin 2023-yil 22-may
Xalqaro
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Makedoniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[19].
Faxrlar
APOEL Al-Nasr Legiya Varshava AEK Larnaka Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org