Ivan Strinić




Ivan Strinić (talaffuzi: Ivan Strinich; 1987-yil 17-iyulda Splitda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi. Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati, 2012-yil va 2016-yilgi Yevropa chempionatlari ishtirokchisi.

Strinić 2011-yilning 27-yanvarida „Dnepr“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan. Ivan „Dnepr“ futbol klubidagi debyutini 2011-yilning 6-martida Ukraina chempionati doirasidagi „ Tavriya“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Va bu oʻyinda u ham 30 metrlik zarba bilan klubdagi birinchi golini urdi. 20-mart kuni Kiyevning „Dinamo“ jamoasi bilan prinsipial bahsda u oʻyindagi yagona golni kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

2018-yil 27-may kuni Ivan Italiyaning „Milan“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2018-yilning 18-avgustida u yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Italiyadagi barcha professional futbolchilar uchun har olti oyda bir marta oʻtkaziladigan tibbiy koʻrikda shifokorlar xorvatga yurak mushaklarining dastlabki gipertrofiyasi tashxisini qoʻyishdi. 2019-yilning 26-avgustida „Milan“ futbol klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.

Xalqaro faoliyati



U Xorvatiyaning 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida oʻynagan. JCh-2014 final bosqichi arafasida olgan jarohati tufayli u Xorvatiya terma jamoasining turnir uchun soʻnggi tarkibiga kira olmadi. 2018-yilgi Jahon chempionatida Strinić oʻz jamoasining oltita oʻyinida, jumladan, Fransiyaga qarshi final oʻyinida ishtirok etdi. Xorvatiya terma jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va jahon chempionati kumush medali sovrindoriga aylandi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz