Ivan Skadovskiy




Ivan Georgiyevich Skadovskiy (1874-yil 30-may, Xerson – 1937-yil 23-noyabr, Toʻrtkoʻl) – rus pravoslav ruhoniysi.
2000-yilda rus pravoslav cherkovining avliyosi sifatida kanonizatsiya qilingan.

Biografiyasi



1874-yil 30-mayda yirik yer egasi Georgiy Lvovich Skadovskiy oilasida tugʻilgan, uning otasi Xerson okrugi zodagonlarining boshligʻi, sud maslahatchisi, zodagon vasiylik raisi va 1901-yilda okrug harbiy raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ivan Skadovskiy qishloq xoʻjaligi maktablarini, kimyo, vinochilik va uzumchilik boʻyicha oliy kurslarni tamomlagan. 1906—1909-yillarda Xerson okrugida zemstvo boshligʻi boʻlgan, keyin nafaqaga chiqqan va oʻz yerida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. 1916—1917-yillarda armiyada xizmat qilgan.

Ruhoniylik faoliyati



1918-yildan – Xerson shahridagi yepiskop cherkovida ruhoniy boʻlib faoliyat yurita boshlagan, 1922—1925-yillarda – shahar soborida keyinchalik boshqa cherkovda xizmat qilgan. 1926-yilda u Solovetskiy lageriga kelib, qamoqdagi Xerson arxiyepiskopi Nikolayev Prokopiy bilan uchrashgan. U 1928-yilda yana bir bora yepiskop bilan uchrashishga borgan, lekin uchrashishga ruhsat berishmagan.

Surgun



1935-yil 17-martda SSSR NKVDning navbatdan tashqari majlisi arxiyepiskop Prokopiy va ruhoniy Ivan Skadovskiyni davlat tuzumiga qarashi xarakatlari va aholi orasida noqonuniy monarxistik tashviqot ishlarini olib borganlari uchun Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahriga besh yilga surgun qilish haqida hukm chiqargan va shu yilning 7-mayida qaror amalga oshirilgan.
1937-yil 24-avgustda arxiyepiskop Prokopiy va ruhoniy Ivan Skadovskiy aksilinqilobiy monarxistik tashviqot va noqonuniy cherkov tashkil qilganliklari uchun hibsga olingan. Ular oʻz ayblariga iqror boʻlishmagan. 28-oktyabrda NKVD ularni oʻlimga hukm qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ivan Skadovskiy haqida aniq va kengroq ma'lumot taqdim etish uchun qo‘shimcha kontekst kerak bo‘ladi, chunki bu ism bilan bir nechta shaxslar yoki turli sohalarda faoliyat yurituvchi kishilar bo‘lishi mumkin. Iltimos, qaysi sohada yoki qaysi mavzuda Ivan Skadovskiy haqida ma'lumot olishni istayotganingizni aniqlashtiring: masalan, ilm-fan, madaniyat, sport, siyosat yoki boshqa sohalar.

Agar umumiy ma'lumot kerak bo‘lsa, quyidagilarni ko‘rib chiqish mumkin:

  1. Ivan Skadovskiy kim?
    Bu ism Rossiya yoki Ukraina hududidan bo‘lgan shaxslar orasida uchraydi. Ular ilmiy tadqiqotchi, ijodkor, notiq yoki professional sportchi bo‘lishi mumkin.

  2. Unumli faoliyati va yutuqlari
    Agar Ivan Skadovskiy konkret bir sohada e’tiborga molik ishlar qilgan bo‘lsa, uning ishlarini, nashrlarini yoki musobaqalardagi natijalarini eslatish foydali bo‘ladi.

  3. Shaxsiy hayoti va tarixi
    Tug‘ilgan yili, ta’limi, ish faoliyati, ijtimoiy faollik kabi ma’lumotlar.

Agar sizda ma’lum bir soha yoki manba bo‘yicha Ivan Skadovskiy haqidagi ma’lumotlar bo‘lsa, iltimos, ulardan xabar bering, shunda aniqroq va batafsil ma’lumot taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz