Ivan Semyonovich Arjanix




Ivan Semyonovich Arjanix (1914.24.2, Kiyev — 1980.20.3, Toshkent) — matematik va mexanik olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960), professor (1957). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Oʻrta Osiyo universitetida oʻqigan (1931 — 34), Leningrad universitetini bitirgan (1936). Toshkent Davlat Universitetida, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Matematika institutida (1943 — 60), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Prezidiumida (1960-yildan) ishlagan. Ilmiy ishlari differensial va institutegral tenglamalar, variatsion hisob, maydonlar nazariyasi, analitik mexani-ka, kvant mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqa sohalarga doir. Ayniqsa, uning rangi noddan katta boʻlgan kanonik tenglamalar sohasidagi kashfiyoti aloxida diqqatga sazovor.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz