Ivan Santini




Ivan Santini (talaffuzi: Ivan Santini) (1989-yil 21-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Shveysariyaning Zürich klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Zadarda tugʻilgan Ivan Santini oʻz shahrining yoshlar jamoasida 2006-yilning yozigacha oʻynagan. Keyinchalik „Inter Zapreshich“ga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan

2009-yil 8-mart kuni Ingolshtadt uchun Bundesliga oʻyinida TSV 1860 Myunxenga qarshi oʻyinning 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va oʻzining birinchi golini kiritgan. 2009-yildan 2012-yilgacha u „Zadar“ jamoasida oʻynagan. 2012-yil 31-yanvarda Santini „Feiburg“ga olti oylik ijara asosida qoʻshilgan.

2013-yil iyun oyida u Kortrijk jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2015-yilning 18-iyunida Santini 2 million yevro evaziga 4 yillik shartnoma asosida „Standard Liej“ga oʻtgan. 2016-yilda Belgiya kubogi finalida Santini oʻyinning 88-daqiqasida gol urib, „ Bryugge“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishda asosiy rolni oʻynagan.

2016-yilning 3-avgustida Santini 2 million yevrodan koʻproq maosh evaziga uch yillik shartnoma asosida Caen jamosiga oʻtgan. 2017-yilning yanvarida u Liga 1da Dado Prshodan keyin kamida oʻnta gol urgan ikkinchi xorvatiyalik futbolchiga aylangan.

NK Osijek



2021-yil 13-fevralda Santini Xorvatiyaga qaytib, Prva HNL jamoasi NK Osijek bilan shartnoma imzolagan. U 26-fevral kuni „Varajdin“ga qarshi oʻyinda klubdagi debyutini amalga oshirgan va oʻsha oʻyinda gaʼla golini kiritigan.

Al-Fateh



2021-yil 10-avgustda Santini Saudiya Arabistonining „Al-Fateh“ klubiga oʻtgan.

Zürich



2022-yil 29-iyunda u Shveysariyaning "Zürich " jamoasiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati



2018-yilning may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh — 2018 uchun dastlabki 32 kishilik roʻyxatiga kiritilgan, ammo final tarkibiga kiritilmagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari



Inter Zaprešić

Standard Liege

Jiangsu Suning

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz