Ivan Pelizzoli




Ivan Pelizzoli (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Oxirgi marta Italiyaning B Seriyasida „Foggia“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Yoshlikdagi faoliyati



1997-yildan 2000-yilgacha „Atalanta“ va „Triestina“ jamolarida oʻynaganidan soʻng, 2000-01-yilgi mavsumdagi debyut oʻyinini „Atalanta“ bilan 2000-yilning 5-noyabrida A Seriyada oʻtkazdi. Qobiliyatli darvozabon tez orada mashhurlikka erishdi va klubning asosiy darvozaboni sifatida oʻynagan Alberto Fontana va Davide Pinatoni ortda qoldirdi. Oʻsha davrda OAV tomonidan Italiyaning eng yaxshi yosh darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Roma



Keyingi yozda u 2001-yilgi Italiya chempioni „Roma“ga 33 milliard lira evaziga 5 yillik shartnomaga imzolab oʻtadi. U dastlab Franchesko Antonioli uchun zaxira oʻyinchisi boʻlgan, ammo 2002-03-yilgi A Seriya oʻrtalarida Fabio Kapello qoʻl ostida klubning asosiy tarkib darvozaboni boʻlib, „Roma“ga 2003-yilgi Italiya kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan. 2003-04-yilgi mavsumda A Seriyada Pelizzoli Kristian Panuchchi, Valter Samuel, Kristian Chivu va Vinsent Kandeladan iborat himoyachilar ortida harakatlanib, butun A Seriyada eng kam gol oʻtkazgan darvozabon boʻldi. Mavsum davomida u ketma-ket oʻyinlarda 774 daqiqalik magʻlubiyatsiz seriyada gol oʻtkazmasdan A Seriyada ushbu yoʻnalishdagi rekordlar orasida 5-oʻrinni egallagan.

Reggina



Raqobatbardosh harakat yoʻqligi tufayli u 2005-yilda Reggina bilan 500 evro toʻlovi evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasini imzoladi. Jamoada asosiy tarkib darvozaboni boʻlish uchun Nikola Pavarini bilan raqobat qilishiga toʻgri keldi. Reggina 2003-04-yilgi mavsumda ajoyib formasini tiklagan Pelizzoliga umid bogʻlagan edi, lekin u Regginada oʻzini topa olmadi. 2006-yil iyun oyida Rim Regginaga qolgan 50 % egalik qilish huquqini tekinga berib yubordi.

Lokomotiv Moskva



2007-yilning 31-yanvarida Pelizzoli Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Oʻzining birinchi mavsumida u Eldin Yakupovich bilan, ikkinchi mavsumida esa Ivan Levenets va Marek Chech bilan asosiy tarkib uchun kurash olib bordi.

AlbinoLeffe



2009-yil 31-avgustda Moskvaning Lokomotiv klubi Pelizzolini B Seriyaning AlbinoLeffe klubiga bir mavsumga ijaraga berdi. Pelizzoli „AlbinoLeffe“ darvozabonlari Stefano Layeni, Daniel Offredi va Paolo Branduani faqat C1 Seriya tajribasiga ega boʻlgani uchun tajriba oshirish maqsadida olib kelindi. U jamoadagi debyutini 2009-yilning 19-sentabrida oʻtkazdi. Sentabr oyida 3 ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, u ustunligini yoqotadi. Buning natijasida asosiy tarkibda ham, zaxirada ham oʻz oʻrnini yoʻqotdi.

Cagliari



2010-yilning avgustida Pelizzoli „Cagliari“ga oʻtdi. Lekin bu jamoda zaxira oʻyimchisi sifatida qolib ketdi.

Peskara



2012-yil avgust oyida Peskara asosiy darvozaboni Mattia Perin uchun zaxira sifatida Pelizzolni sotib oldi.

Vicenza



2016-yilning 30-martida Pelizzoli qisqa muddatli shartnoma asosida Vicenzaga safiga kelib qoʻshildi.

Piacenza



2016-yil 24-noyabrda u Piacenza bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilga kelib jamoani tark etdi.

Foggia



2017-yilning 14-iyulida Pelizzoli Foggia bilan shartnoma imzoladi. U birorta ham oʻyinda maydonga tushmagach 2017-yil klubni tark etadi.

Xalqaro faoliyati



Pelizzoli Italiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilda oʻtkazgan va 2003-yildan 2004-yilgacha jami 2 oʻyin oʻtkazgan. U 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Italiya jamoasi asosiy tarkibida boʻlib, birinchi tanlov darvozaboni boʻlgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, 2002-yilgi UEFA U-21 futbol boʻyicha Yevropa chempionatida Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida oʻynagan.

Faoliyati statistikasi



Xalqaro




Yutuqlari



Klub



Rim

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz