Ivan Ordets




Ivan Ordets (1992-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Rossiyaning Dynamo Moscow klubidan ijaraga olingan holda Germaniyaning VfL Bochum klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Ukraina terma jamoasida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati



Ordets futbol oʻynashni maktabda boshlagan. 2002-yil 2-sentyabrda Shakhtar Donetsk klubida sinovdan oʻtdi va ikki bosqich saralashdan soʻng Petro Ponomarenko guruhiga yozildi. Ukraina yoshlar futbol ligasida „Shakhtar“ tarkibida 76 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan. Klub bilan Ukraina chempionatida bir marta kumush (2007) va uch marta bronza medali sohibi (2006, 2008, 2009) boʻlgan.

2011-yilda Donetsklik isteʼdodlar guruhi tarkibida yoshlar murabbiyi Valeriy Yaremchenko rahbarligida Illichivets Mariupolga oʻtdi. Ammo oliy liga klubining asosiy tarkibidan joy olish uchun qilingan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Ammo 2013-yil boshida yana ijaraga oʻtib, oʻyin sifatini sezilarli darajada oshirdi va yangi bosh murabbiy Mykola Pavlovning ishonchini qozondi.

2013-yilning 2-mart kuni Metalurh Zaporizhzhiaga qarshi oʻyinda Ukraina Premyer-ligasida debyut qilgan. Oʻzining birinchi golini 2013-yilning 12-aprelida Volyn Lutsk darvozasiga kiritdi. Ukraina Premyer-ligasining 2013—2014-yilgi mavsumida 27 ta oʻyinda 90 daqiqa, jami 2430 daqiqa oʻynadi. Bu klubdagi qolgan barcha futbolchilardan yaxshiroq koʻrsatkich.

2013-yil oxirida „Komanda“ gazetasi talqiniga koʻra ukrainaning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi sifatida eʼtirof etildi0

2014-yilning yozida „Shakhtar“ga qaytdi.

2019-yilning yozida Moskvaning „Dynamo“siga oʻtdi. Bosh murabbiy oʻzgarguniga qadar faqat bir marta Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda oʻynagan. Oktyabr oyida yangi bosh murabbiy kelib, jamoada boshqacha taktikalar qoʻllay boshladi „Dynamo“dagi ilk golini 2019-yilning 2-noyabrida Akhmat Grozniyga qarshi o‘yinda kiritgan. „Dynamo“ muxlislari tomonidan 2020-yil iyun/iyul oylari uchun „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi. 2021-yil 23-noyabrda shartnomasini 2023—2024-mavsumgacha uzaytirdi.

2022-yil 10-iyulda Ordets Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq FIFA qoidalariga muvofiq 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Dynamo“ bilan shartnomasini to‘xtatdi va Germaniyaning VfL Bochum jamoasiga qo‘shildi.

Xalqaro faoliyati



Ordets Ukrainaning turli yoshlar milliy futbol jamoalari aʼzosi boʻlgan. Ukraina U19 terma jamoasi safida 2010-yil 9-oktyabrda Shvetsiyaga qarshi oʻyinda bitta gol urgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



29-may, 2022-yil holatiga koʻra

Xalqaro



8-yanvar, 2022-yil holatiga koʻra

Yutuqlari



Shakhtar Donestk

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz