Ivan Nagayev
Ivan Nagaev (1990-yil 3-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi.
Futbolchilik faoliyati
Ivan Nagaev „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi va 2011-yilning 24-fevralida u 2011-yilgi mavsum uchun „Bunyodkor“ futbolchisi sifatida rasman eʼlon qilindi. 2011-yilda Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berildi va mavsumning ikkinchi yarmida Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynadi.
2012-yilgi mavsumda u „Dinamo“ safida 22 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. 2012-yilning 13-dekabr kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. 2013-yilgi mavsumda „Lokomotiv“da oʻynab, klubning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi. 2015-yilning yanvar oyida u Quvaytning „Al-Qadisiya“ klubiga olti oylik muddatga ijaraga oʻtdi. 2017-yilda esa „Buxoro“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2018-yilgi mavsum oldidan Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubiga oʻtdi. Shu yilning yozida „Qizilqum“ jamoasi safiga qaytdi. 2019-yilgimavsum yozgi qismida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtdi. 2021-yilgi mavsumda sobiq jamoasi „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlar
Nagaev 2009-yili Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida Oʻzbekiston terma jamoasi safida toʻp surgan. U Angliyaga qarshi o‘yinda bitta gol urdi va yakunda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 2010-2011-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2012-yildan esa Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynab kelmoqda.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org