Ivan Močinić
Ivan Mochinić ( talaffuzi: Ivan Mochinich) (1993-yil 30-aprelda tugʻilgan) xorvatiyalik yarim himoyachi. Oxirgi marta Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi jamoasi „Sibenik“ safida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Rijeka
Močinić 2011-yil oktabr oyida Zagrebning „Dinamo“siga qarshi safar oʻyinida „Rijeka“ safida debyut qilgan. Oʻzining birinchi professional mavsumida u 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Močinić oʻzining birinchi golini Rijeka safida 2011/12-yilgi mavsum Prva HNL soʻnggi turida Karlovac 1919 darvozasiga kiritgan. Rijeka bilan keyingi besh mavsum davomida u ligada, ichki kubokda va Yevropada 141 oʻyinda maydonga tushgan. Močinić 2013/14-yilgi mavsumda eng barqaror oʻyin koʻrsatgan, oʻsha mavsumda u barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda maydonga tushgan. Močinić ayniqsa, Rijekaning 2014-yilgi futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi finalida Zagrebning „Dinamo“ jamoasi ustidan qozongan gʻalabasida katta hissa qoʻshgan. Močinić 2014-yil 12-aprelda Zagrebning „Dinamo“ klubiga safarda oʻtkazilgan oʻyinda birinchi marta jamoa sardori boʻlgan. 2015/16-yilgi mavsumda u boshqa jamoadoshlariga qaraganda koʻproq jamoa sardori sifatida maydonga tushgan.
2015-yil qishki transfer oynasida koʻplab klublar Močinićni sotib olishga xarakat qilishgan, xususan, Dinamo Zagreb, Newcastle United, Seltik, Rubin Qozon, Lazio, Sampdoriya, Atalanta, Karpi, Bordo va Olimpiakos. Biroq Rijeka bir qancha takliflarni rad etgan va Močinićni klubda olib qolgan.
Rapid Wien
2016-yilning 16-iyulida Avstriya va Xorvatiya matbuoti Močinić SK Rapid Wien bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani, transfer narxi 2,5 million yevroga baholangani haqida xabar tarqatgan.
Xalqaro faoliyati
Močinić Xorvatiyaning 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan, shu jumladan 2012-yilgi UEFA U-19 futbol boʻyicha Yevropa chempionatida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yilning birinchi yarmidagi ajoyib oʻyinlari unga futbol boʻyicha Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni taqdim etgan. Močinić dastlab 2014-yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi, biroq soʻnggi daqiqadagi jarohati uni turnir qaydnomasidan tushub qolishiga sabab boʻlgan. 2015-yilning 17-noyabrida Močinić Xorvatiya terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi safarda gʻalaba qozonib, butun oʻyin davomida maydonga tushdi.
Karyera statistikasi
Yutuqlari
Klub
Rijeka
Manbalar
uz.wikipedia.org