Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati




„Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati“ (ruscha: Повесть о том, как поссорился Иван Иванович с Иваном Никифоровичем) — rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1834-yil Aleksand Smirdinning „Novoselye“ almanaxida chop etilgan. 1835-yil kichik oʻzgartirishlar bilan muallifning „Mirgorod“ qissalar toʻplamiga kiritilgan. Asarni Nabi Alimuhamedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Syujet



Qissada ikki yaqin doʻst – Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich arzimagan narsa ustidan janjallashib qoladi. Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovich, Ivan Nikiforovich esa Ivan Ivanovich ustidan sudga arz qiladi. Sudya ikki doʻstni oʻz arzini qaytib olishga chaqiradi, ammo ikki doʻst bunga rozi boʻlmaydi.

Ularning umumiy doʻstlari ikkisini yarashtirishga harakat qiladi, ammo ularning urinishlari zoye ketadi. Oradan 12 yil oʻtib, ikkisiga ishni yopishni vaʼda qiladilar. Bu orada ularning koʻp doʻstlari oʻladi, ammo ular sud qarorini kutib yuraveradilar.

Qahramonlar




Oʻzbekcha tarjima



Asarni oʻzbek tiliga Nabi Alimuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“da chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, D. Sinitskiy – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishkina – texnik muharrir, D. Obidova – musahhih. Adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz