Ivan IV Grozniy




Ivan IV Grozniy (1530.25.8, Kolomenskoye qishlogʻi — 1584.18.3, Moskva) — "Butun Rusning ulugʻ knyazi" (1533 y. dan), 1-rus podshosi (1547 y. dan). Vasiliy III ning oʻgʻli. Mustabid hokim sifatida xalq uni "Grozniy" ("Dahshatli") laqabi bilan atagan. I. IV 40-yillarning oxiridan Tanlangan rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning davrida 1549-yil dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar hokimiyatini zaiflashtirish maqsadida ilk Zemskiy sobor-erkin aholi turli toifalari vakillarining yig'ilishini chaqirilgan; 1550 yil Sudebniki tuzilgan; boshkaruv va sud islohotlari oʻtkazilgan; 1565 yilda oprichnina joriy etilgan; Angliya bilan savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553); Moskvada 1-bosmaxona qurilgan; Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklari boʻysundirilgan; Boltiq boʻyiga chiqish maqsadida Livon urushi olib borilgan (1558—83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). Ivan IV ning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar, dehqonlarni asoratga solishni kuchayishi bilan ajralib turadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz