IVAN IV GROZNIY



IVAN IV GROZNIY (1530.25.8, Kolomenskoye qishlog’i — 1584.18.3, Moskva) — “butun Rusning ulug’ knyazi” (1533 yildan), 1-rus podshosi (1547 yildan). Vasiliy III ning o’g’li. Mustabid hokim sifatida xalq uni “Grozniy” (“Dahshatli”) laqabi bilan atagan. Ivan IV 40-yillarning oxiridan tanlangan Rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning davrida Zemskiy soborlar chaqirilgan; 1550 yil Sudebniki tuzilgan; boshqaruv va sud islohotlari o’tkazilgan; 1565 yilda oprichnina joriy etilgan; Angliya bilan savdo aloqalari o’rnatilgan (1553); Moskvada 1-bosmaxona qurilgan; Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklari bo’ysundirilgan; Boltiq bo’yiga chiqish maqsadida Livon urushi olib borilgan (1558-83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). Ivan IV ning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar, dehqonlarni asoratga solishni kuchayishi bilan ajralib turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz