Ivan I Kalita




Ivan I Kalita (? - 1340) - Moskva knyazi (1325-yil dan), Vladimirning knyazi (1328-yil dan). Moskva knyazi Daniil Aleksandrovich (1261 — 1303) ning oʻgʻli. Moskvaning siyosiy va iqtisodiy qud-ratiga asos solgan. Oltin Oʻrdadan Rusda moʻgʻullar uchun oʻlpon toʻplash huquqini olishga erishgan. I. I katta boylik toʻplagan (shundan uning laqa-bi "Kalita" — "pul xaltasi") va uni boshqa knyazliklardan yerlar sotib olish uchun ishlatgan. I. I davrida rus mitropolita qarorgohi Vladimirdan Moskvaga koʻchirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz